Maktab tarixi

      Hozirgi maktab 1962 yili tashkil etigan. Kichik-kichik xonalardan iborat bu maktabda sakkiz yillik ta’lim joriy qilishgan. Yillar o’tishi bilan 1975 yida ota-onalar va mahalla qo’mitasi raisi Masharif Madaminovning sa’y harakati bilan maktab yonida yashaydigan Maxfirat Axmedovning hovli-joyi uning roziigi bilan o’quv maskani hududiga qo’shib olindi va xonalar moslashtirilgan holda ta’mirdan chiqarilib, sinf xonalar soni ko’paytirildi. Maktab shu tariqa Hamid Olimjon nomidagi o’n yillik ta’lim muassasasiga aylantirildi. Bu borada maktabga uzoq yilar rahbarlik qilgan Roziq Umarovning hissasi ayniqsa katta bo’ldi.

    2000 yillarning boshariga kelib qishloq kengaydi, o’quvchiar soni keskin osha bordi. Boz ustiga maktab binosi ham ta’mirga muhtoj bo’lib qildi. Vaziyatdan chiqish uchun mutasaddilar tomonidan angren IESi tasarrufidagi binolaridan biri maktab uchun ajratib berildi. Ammo muammo to’liq hal bo’lmaganligi tufayli, bu masala yuqori tashkilotarda, bilim maskanini kuchirish maktab ta’limini rivojlantirish Davlat dasturiga kiritildi va 2006 yilda zamonaviy talablarga mos ravishda qayta rekonstruksiya qilindi.
Yarim asrlik tarixga ega bo’lgan mahalamiz maktabi bilan faxrlansak arziydi. Qirq etti nafar ahil va inoq pedagogik jamoamiz Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq yosh avlodga zamonaviy ta’lim tarbiya berishga astoyidil harakat qiishmoqda. Buning uchun bilim dargohimizda barcha shart sharoitlar yaratib berigan.
Bugun Grumlik o’g’i qizar etarli jihozlangan zamonaviy ta’mirdan chiqarilgan keng va shinam maktab binosida o’qiyapti. Bu erda biologiya, kimyo, fizika, kompyuter xonasi mavjud bo’lib, u Internet tarmog’iga ulangan.O’qituvchi va o’quvchilar kompyuter savodxonligini oshirish bilan birga mamlakat va dunyo yangiliklaridan ham muntazam bahramand bo’lish imkoniyatiga ega. Maktab pedagogik jamoasi o’zlaridan avval ishlab ketgan ustozlar an’analarini davom ettirgan holda yosh avlodga zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim tarbiya berishga intilmoqdalar.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *