ALOQA QURILMALARI QACHON IXTIRO QILINDI

17-10-2014_tele1  XIX-asrda aloqa sistemasi va mexanizmlari kashf qilish jarayoni anchagina qiyinchiliklar va sekinlik bilan davom etdi. Qadimgi davrlarda odamlar bir biriga maktubni choparlar yoki karvonlar yordamida yetkazar edi. Bundan tashqari biror hodisa haqida bir biriga xabar yuborish uchun signal minoralari, osmonga tutun chiqarish, gulxan yoqish va cherkov qo’ng’iroqlaridan foydalanar edi. Bu usullar faqat yaqin masofa uchun samarali edi, ammo uzoq masofalarga bu usulda xabar yuborishning imkoni yo’q edi. Uzoq masofalarga maktub jo’natish juda ko’p vaqtni talab qilar edi. Masalan: Yevropadan O’rta osiyogacha maktub yetib borishi uchun bir necha oylar vaqt ketgan. 

Simli aloqa

Birinchi elektr telegrafi 1837-yilda angliyalik ixtirochi Uilyam Kuk (1806-1879) va Charlz Uitson (1802-1875) yaratdi. Bu telegrafda elektr toki o’tkazgich sim orqali qabul qiluvchiga yetkazilgan. qurilmada signallar qabul qiluvchining strelkasini harakatga keltirib turli harflarni ko’rsatgan va shu usul yordamida har xil axborotlarni uzoq masofaga yetkazish imkoni paydo bo’lgan edi.

 Morze kodlari 1843 –yilda Amerikalik rassom Semyuel Morze (1791-1872) telegraf uchun yangi kodni ixtiro qiladi. Uning bu kodi Kuk va Uitson ixtiro qilgan kodlarni omorze’zgartirilgani edi. Semyuel Morze alifbodagi har bir harf uchun tire va nuqtadan (“-”va “.”) iborat kodlarni ishlab chiqdi. Xabar uzatishda uzoq signal tire (“-”)ni ifodalagan, qisqa signal esa nuqta bilan (“.”) ifodalangan. Morze kodi hozirgi kunimizda ham qo’llanilmoqda. Morze o’zining telegrafini namoyish qilish maqsadida Baltimordan to Vashingtongacha bo’lgan 6 km masofaga o’tkazgichli sim yotqizdi va buning yordamida prezidentlik saylovlari haqidagi yangiliklarni uzatib turgan. 1858-yilda Charlz Uitson shunday sistema quradiki uning yordamida telegraf apparatiga tushgan xabarni operator uzun qog’oz lentaga terib chiqardi. Keyin esa maxsus kod yozuvchisi nuqta va tiredan iborat signalni uzun va qisqa signalga aylantirib yuborgan. Opertorlar esa signalni eshitib darhol uning uzun qisqaligiga e’tiboran nuqta yoki tire ko’rinishida yozishar edi. Bu signalda Har bir harf bir necha nuqta yoki tiredan iborat bo’lgan. Masalan: Z harfi » — — . . «(2 ta tire va 2ta nuqta) ko’rinishda bo’lgan. Hozirgi kundagi axborot jo’natuvchi telegraf qurilmalari ham shu qoida sosida ishlaydi. Ammo nuqta va tire signallarini harf ko’rinishiga keltirish avtomat tarzda amalga oshiriladi. TELEFON ALOQASI qachon paydo bo’ldi ? Ko’plab ixtirochilar odamlarning uzoq masofadan turib bir biri bilan so’zlashish imkonini beruvchi qurilma yaratishga harakat qilishardi. Bunday qurilmani yaratishda Aleksandr Grexem Bell (1847-1922) katta hissa qo’shdi. Aleksandr Bell asli shotlandiyalik bo’lib, Aqshning Boston shahrida yashagan. U avvallari karlar maktabida oqituvchilik qilardi, keyinchalik esa Boston universitetida tahsil oldi. Aleksandr Bell bilan Tomas Uotson (1854-1934) hamkorlikda ishlab uzatuvchi (mikrofon) va qabul qiluvchi (dinamik) dan iborat qurilmani yasashdi. Bu qurilmada mikrofonning vazifasi tovush to’lqinlarini elektr signalga aylantirish. Elektr signal esa boshqa apparatning dinamikiga borib avvalgi tovush to’lqini holatiga keltiriladi. Demak, mikrofon tovushni elektr tokiga aylantirsa, Dinamik esa ana shu tokni qayta tovush to’lqiniga aylantiradi. Birinchi telefondagi so’zlashuv 1876-yil 10-mart kuni bo’lgan. Bellning shimiga kislota quyiladi va u o’z hamkasbiga telefon orqali murojaat etib:-“Janob Uotson, siz hozir mening oldimga kela olasizmi, menga kerak bo’ldingiz”-deydi. Birinchi telefon stansiyasi 1877-yili Kannikuta (AQSh)da ochildi. Stansiyadagi telefonchilar abonentlarni bir biriga qo’l bilan bog’lab bergan. 1883-yilda Boston va Nyu-York orasida yangi telefon aloqasi yo’lga qo’yildi. Shundan so’ng telefon aloqasi dunyo mamlakatlarida juda tez tarqaldi. Bu ixtironi fan texnikaning katta yutuqlaridan biri desak bo’ladi. Telefon aloqasi to hozirgi kungacha ko’p bosqichlardan o’tdi. Ular kun sayin mukammallashib va takomillashib bormoqda. Odatda ikkita telefon so’zlashuvlarini bog’lash uchun ichida mis sim bo’lgan kabellar ishlatiladi. Bunday kabellar qalinligi 15mm.dan 50 mm.gacha va sig’imi esa 1600×2 gacha bo’lib, ular: mahalliy , shaharlararo va magistral turlarga bo’linadi. Mahalliy turdagi kabellar asosan ATS larni bir biriga bog’laydi. Ular yer osti kanalizatsiyalari orqali o’tkaziladi. Shaharlararo yoki magistral turdagi kabellar ikki shahardagi telefon so’zlashuvlarini bog’laydi. Ular tuzilishi jihatdan ozgina murakkabroq va sig’ima ham katta bo’ladi. Bunday kabellar havo ya’ni tayanchlar orqali yoki yer osti orqali o’tkaziladi. Kabellarni korroziyadan saqlash maqsadida turli himoya vositalari qo’laniladi. Masalan: Alyumin qobiq, polietilen, Qo’rg’oshinli qobiq va hkz. Fizika sohasida kvant generatori ixtiro qilingandan keyin elektr kabellari o’rniga optic tolali kabellar qo’llanila boshlandi. Bu kabel ichida shaffof shishadan qilingan ingichka maxsus tolalar joylashgan. Tovush signallari yorug’lik to’lqiniga aylanib kerakli ATSga yetib boradi. Nurning so’nish qiymati juda kichik bo’lgani uchun aloqa sifati ham yuqori bo’ladi. Hozirgi kunda o’zbekistonning katta shaharlari orasidagi magistral elektr kabellari o’rniga optic tolali kabellar yotqizilmoqda, kelgusi yillarda butun respublika aloqa tarmog’ini optic kabellar bilan almashtirish rejalashtirilgan. O’zbekistonda qo’llanilayotgan Optik tolali kabellar “siemens” va “f ujikura”firmalari tomonidan ishlab chiqarilgandir. optik tolali aloqa kabellarning tuzilishi
Maqola www.aql.uz saytidan olindi,

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *