Stiv Jobs muvaffaqiyatining 12 sirli qoidasi

  Sstiv jobstiv Jobs — hozirgi kunda dunyoning eng kuchli ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan birining asoschisi. Uning muvaffaqiyatlari afsonaga aylandi. U asrab olingan bola, oʻsmirligida kollejda 6 oy oʻqigandan soʻng, uni tashlab ketgan, shunday boʻlsada doʻstlarining yotoqxonasida polda yotib yurgan, qornini toʻydirish uchun «Coca-Cola»dan boʻshagan idishlarni 5 sent evaziga yigʻib sotgan insondir. Bu inson — «Apple» va «Pixar» animatsiya studiyasini tuzgan. Quyida uning 12 muvaffaqiyatga erishish qoidasi keltirilgan:

1. Sevimli ishing bilan shugʻullan. Haqqoniy harakat qil. Haqiqiy buyuk ishlar qilishning yagona yoʻli, bu — sevimli ish bilan shugʻullanish.

2. Boshqacha boʻl. Boshqacha oʻyla. Harbiy matros boʻlgandan koʻra, qaroqchi boʻlgan afzal.

3. Qodir boʻlganingdan koʻra yaxshiroq qil. Har qanday ishda imkoningdagidek muvaffaqiyatga erishishing mumkin. Uxlama! Muvaffaqiyat yanada kuchli muvaffaqiyatni olib keladi. Muvaffaqiyatlardan rohatlan! Mukammallashishni sevadigan insonlar bilan ishla!

4. SWOT-tashxis oʻtkaz. Yangi kompaniyang paydo boʻlsa, oddiy qogʻozga uning kuchli va kuchsiz taraflarini yozib chiq. Kompaniyadan chirigan olmalarni chiqarib tashlashdan qoʻrqma.

5. Qarorlarni tezda qabul qil. Har safar yangi katta maqsadlarga intil. Tez va hal qiluvchi harakatlarni talab qiluvchi gʻoyalar yigʻindisini top va ushbu oynaga sakra. Eng qiyini — birinchi qadamni tashlash. Sunchaki birinchi qadamni tashla. Hissiyotlaring va yuragingni shunga majbur qil.

6. Kichigidan boshla, lekin kattasi haqida orzu qil. Bir vaqtda koʻpgina ishlar bilan shugʻullanma. Boshida oddiy koʻp boʻlmagan ishlar bilan shugʻullan. Bosqichma-bosqich qiyinlariga oʻtib bor. Doimo kelajak haqida oʻyla.

7. Bozorda lider boʻlishga harakat qil. Foydalanmasang ham, oldingda doimo eng soʻngi texnologiyalar tursin va nazorating ostida boʻlsin. Agar eng soʻngi versiyadagi texnologiya boʻlsa ham, hech kim foydalanmasa ham, undan foydalan. Standart ishlab chiqarishda ushbu texnologiyalardan birinchi boʻlib foydalan.

8. Natijalarga erishishga diqqatingni qarat, chunki koʻpgina odamlar sening ishingning natijasiga qarab baho berishadi. Sifat namunasi boʻl. Bir qancha odamlar ish borish jarayonini koʻrishni xohlashmaydi, balki ishchilardan natijani kutishadi. Shuning uchun raqobatbardosh yutuqlaringni reklama qil. Koʻpchilik inson bu xususiyatlarni bilmasa, mahsulotingni sotib olmaydi. Asosiy diqqatingni dizaynga qarat.

9. Har xil manbalar bilan ikki tomonlama aloqa oʻrnatishga harakat qil. Har bir inson senga nimadir foydali narsani aytishi mumkin. Birinchi navbatda, kim sening mahsulotingdan foydalansa, oʻshaning fikrini eshit.

10.Yangilik kirit. Aynan liderlar tashabbuskorligi bilan boshqalardan farq qilishadi. 50% vaqtingi yangi narsalar qilishga sarfla, qolgan 50% ni boshqa rahbarlar uchun qoldir. Vaqtingni koʻp sarflab qoʻymaslik uchun minglab goʻyalarga «yoʻq» deyishni oʻrgan. Haqiqiy muhim gʻoyalarga diqqatingni qarat. Bu dunyoda yaxshi narsalarni yaratishga harakat qiluvchi insonlarni ishga ol. Innovatsion mahsulotlar yaratishga asoslangan korporativ madaniyatni hosil qil. Koʻpgina kompaniyalarda koʻplab ajoyib injenerlar va aqlli odamlar ishlashadi, lekin ularni birlashtiruvchi kuch kerak boʻladi.

11. Xatolaringdan saboq chiqar. Baʻzida yangilik kiritib, xato qilasan. Eng yaxshisi, xatolaringni tan ol. Agar ushbu yangiliging boshi berk koʻchaga borib qolsa, kuchingni boshqa innovatsiyalarni yaxshilashga yoʻnaltir.

12. Muntazam oʻrgan. Har doim bilish kerak boʻlgan yana «bir narsa» boʻladi. Kompaniyangdan tashqaridagi boshqa odamlar bilan gʻoyalaring bilan fikrlashib tur. Xaridorlaring, raqobatchilaring va hamkorlaringdan oʻrgan. Agar hamkoring odamlar boʻlsa, ularni yomon koʻrsang, yaxshi koʻrishni oʻrgan. Ularni maqta va bundan foyda chiqar. Dushmanlaringni ochiq, ammo halol tanqid qilishni oʻrgan.

Maqola: http://uzadmin.blogspot.com saytidan olindi
Maqola www.aql.uz saytidan olindi,

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *