Dunyodagi eng ommabob, mashxur va daromadli 5 ta saytlar

    10-03-2015_navruz

Bugungi axborot asrida insoniyatning rivojlanishi, ya’ni dunyoqarashlarning tenglashib borishida ham internetning roli deyarli 100%. Bundan 10 yil avval hech kim internet kompaniyalar tovar sotish, reklamalar orqali bunchalik katta natijalarga erishishini hayoliga ham keltirmagan bo’lsa kerak. Internet kompaniyalarning egalari hozirda bir qator tabiiy mahsulot bilan biznes qiluvchilarga qaraganda anchagina ko’proq pul topa oladi. Bu haqda juda ko’p gapirish mumkin. Keling, yaxshisi mavzuni burmay, dunyodagi 5 ta eng kuchli saytlar haqida gaplashsak. Dunyodagi eng mashxur saytlarning reytingi:

s92440089

1. Google Sayt:

google.com Tashkil topgan yili: 1998 Asoschilari: Larri Peydj va Sergey Brin Daromadi: asosiy daromadi Google AdWords rekamasidan Google.com saytiga 1 kunda dunyo bo’yicha million va hatto milliardlab foydalanuvchilar tashrif buyuradilar. Bu sayt asoschilaridan biri bo’lmish Sergey Brin 6 yoshligida Moskvadan 6 yoshligida Amerikaga ko’chib ketgan va o’sha yerda Larri Peydji bilan kompaniyaga asos slogan. Googlening asosiy xizmatlari bu google.com qidiruv tizimi, Google Chrome brauzeri, Gmail pochta xizmati, rasmlar bilan ishlash uchun mo’ljallangan Pixasa dasturi, Android mobil operatsion sistemasi. Hozirda Google Glass ko’zoynaklari ham chiqara boshlamoqchi. Qiziqarli faktlar: — google.com domeni 1997-yil 15-sentabrda ro’yxatga olingan; — kompaniyada 26 316 nafar ishchilar ishlaydi (2011-yil 31-mart natijalari bo’yicha); — kompaniya boyligi $177 mlrd va bu AQSH dagi bir qancha banklarning kapitalini qo’shganda ham ko’proqdir; — 2006-yil Google $1,65 mlrd evaziga Youtube — dunyodagi eng mashxur videoxostinga ega bo’ldi; — 2008-yilda «Fortune» jurnali Googleni ishlash uchun eng qulay joy deb e’lon qildi; — hozirgi kunda Google brendlari eng mashxur va qimmat brendlar safida va uni $200 mlrd ga baholashgan.

s75801305

2. Facebook Sayt:

facebook.com Asos solingan yili: 2004 Asoschisi: Mark Sukerberg Daromadi: $1,2 mlrd (2010-yil) Dunyodagi eng katta ijtimoiy tarmoq. Barchasi 2003-yil 28-oktabrda Mark Sukebergning Facemash saytini ochilishi bilan boshlandi. Ushbu saytda 2 nafar odamning rasmi bo’lgan va ulardan biri tanlangan. Buning uchun Sukerberk Garvard kompyuter tarmog’i orqali yashirin arxivni o’g’irlab ko’chirib olgan. 2 soat ichida saytga 450 foydalanuvchi kirgan va ular saytda 22 000 ko’rishlar bajargan. Qiziqarli faktlar: — 2005-yil $200 000 evaziga facebook.com domenini sotib oldi; — 2007-yil 24-oktabrda Microsoft Facebookning 1,6 % aksiyasini $240 mln ga sotib oldi; — 2010-yil noyabrda SecondMarket Inc ma’lumotlariga ko’ra Facebookning narxi $41 mlrd ga teng deb baholandi; — Facebook dunyodagi 3-ulkan internet-kompaniya hisoblanadi (Google va Amazondan keyin); — Mark Sukerberg dunyodagi ilk yosh milliarderlar ro’yxatiga kiritildi (23 yosh) — Facebook ijtimoiy tarmog’ida 700 mln foydalanuvchi ro’yxatdan o’tgan (2001-yil 27-may) — Facebook haqidagi “Ijtimoiy tarmoq” filmi 2010-yil eng yaxshi film deb topildi va “Oltin globus” mukofotini oldi. — mutahassislar Facebook kompaniyasini $60 mlrd ga baholagan.

s68960186

3. YouTube Sayt: 

YouTube.com Asos solingan yili: 2005 Asoschilari: Stiv Chen, Chad Xyorli, Djaved Karim Daromadi: videoxosting 2006-yil Google kompaniyasi tomonidan sotib olingan Eng mashxur videoxosting va dunyodagi 3-o’rindagi saytdir. Sayt 2005-yil 3-mayda PayPal kompaniyasining sobiq ishchilari Stiv Chen, Chad Xyorli, Djaved Karimlar tomonidan yaratilgan. Qiziqarli faktlar: — har kuni YouTubeda 2 mlrd videolarni ko’rishadi; — ilk video (18 sekund davomiylikdagi rolik) 2005-yil 23-aprelda YouTubega joylashtirilgan; — YouTubening ruscha versiyasi 2007-yil 14-noyabrda ishlab chiqilgan; — agar YouTubedagi barcha videolarni minut-minutigacha qo’shib chiqilsa, 48 mln soatlik videorolik hosil bo’ladi (2011-yil may); — 2009-yil mart oyida Xitoy YouTube saytini o’zining mintaqasi uchun to’sib qo’ydi. Buning sababi o’sha oyda tarqalgan, Xitoy askarlari Tibet yashovchilariga qilgan zo’ravonligini aks ettirgan video edi.

s90930419

4. Yahoo! Sayt:

Yahoo.com Yaratilgan yili: 1995 Asoschilari: Devid Faylo va Jerri Yang Sof foydasi: $424,2 mln (2008-yil) Dunyodagi ikkinchi qidiruv tizimi. 1994-yil yanvarda Devid Faylo va Jerri Yanglar “Jerrining butun dunyo to’ri bo’ylab sayohat qiluvchi yo’lovchilari” deb nomlangan saytni yaratishdi. 1994-yil aprelda esa ushbu saytga Yahoo deb nom berishdi. 1995-yil 2-martda esa Yahoo korporatsiyasi ishlay boshladi. Qiziqarli faktlar: — 1997-yil 8-martda Yahoo RocketMail nomli eng yoshi ulug’ pochta servisini ishga tushurdi; — Yahoo! ning yoshi katta bo’lib, u internetning barcha o’tish davrlarini boshidan kechirgan.

s06079547

5. Baidu Sayt:

Baidu.com Asos solingan yili: 2000 Asoschisi: Robin Li, Chairman va boshqalar Sof foydasi: $38,668 mln (2006-yil) Xitoyning eng mashxur qidiruv tizimi. Qiziqarli faktlar: — baidi.com indeksida 740 mln web-sahifalar mavjud; — 2006-yil 20-aprelda ushbu qidiruv tizimi “Baydupedia” proyektini ishga tushirdi. Hozirgi kunda Baydupediada 3 400 000 maqolalar mavjud. — 2010-yil 12-yanvarda baidi.com xakkerlar xujumiga uchradi. — — —
Maqola www.aql.uz saytidan olindi,

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *