Samarqand. Sherdor madrasasi

sher_dor1Samarqand. Sherdor madrasasi

XVII asr. Sherdor madrasasi Registon majmuasiga kiradigan obida bo’lib, u Samarqand hokimi Yalangto’sh Bahodir tomonidan 1619-1636 yillari Mirzo Ulug’bek xonaqohi o’rniga qurdirilgan. Sherdor madrasasi Ulug’bek madrasasining ro’parasida bir o’q chizig’i bo’ylab joylashgan. O’rta Osiyo me’morligida ko’p uchraydigan qo’sh uslubdan foydalanilgan. Peshtoq ravog’i tepasi diqqatga sazovor: qizg’sh zarhal sher oq ohuni quvmoqda. Quyosh bodomqovoq, qiyiq ko’zli yuz shaklida tasvirlanib, zarhal tusli yog’du bilan hoshiyalangan. Madrasa peshtoqiga Yalangto’sh Bahodirni ulug’lovchi she’r bitilgan. Sherdor so’zi «Sher aksi bor «, degan ma’noni anglatadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *