Buxoro. Minorai Kalon

minorai-kalonXII asr. 1127 yil Qoraxoniylar davlati amiri Arslonxon tomonidan qurilgan bo’lib, pishiq g’ishtdan naqshdor shakllar uslubida ishlangan. Balandligi 50 metr, aylanma eni 9 metr. Minoraning salla shaklidagi yuqori qismi g’isht o’ymakorligi bilan bezatilib, karniz holiga keltirilgan. O’qsimon tirgak o’rtasida Arslonxonning nomi hamda binokor ustaning ismi Baqo bitilgan. Minora ichida g’ishtin aylanma zinapoya bo’lib, mezanaga olib chiqadi. Minora azon chaqirish uchun masjid va madrasalar yonida yoki ularga tutash qilib qurilgan. Minorai Kalon mezanasining qubbasi va devorlari muazzin ovozini yanada kuchaytirib berishga xizmat qilgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *