Internetning yaratilish tarixi

04-11-2014_internet   Komputerlarni bir biri bilan bog’lash 1957-yildan boshlandi. U paytdagi kompyuterlar hajmi katta va ishlash prinsipi ham juda sodda edi. 1957-yildan boshlab AQSh mudofaa vazirligining ilmiy tadqiqotlar agentligi bo’lmish– ARPA nomli tashkilot o’zaro axborot almashisninig yangi usullarini yaratishni boshladi. Bu tashkilot o’z oldiga ushbu savolga javob izlardi: Bir nechta kompyuterni telefon tarmog’i orqali ulash mumkinmi? Ularni maqsadi, kompyuterlar o’rtasida malumot almashish tizimini yaratish edi. 1969 – yili yanvar oyida AQSh ning turli joylarida bo’lgan 4 ta kompyuter telefon liniyasi orqali o’zaro bog’landi.

Oradan 1 yil o’tgach ARPAnet nomli ma’lumot almashish tarmog’i yo’lga qo’yildi. Bu tarnoq harbiy soha uchun mo’ljallangan edi. Keyinchalik boshqa tashkilotlar ham bu tarmoqqa ulandi. 1962-yilda bu tarmoqni kengaytirib turi shaxardagi komyuterlar bilan ham aloqa o’rnatish fikri tug’ildi. Hundan keyin ARPAnet tarmog’i internet tarmog’iga aylandi. 1980 –yildan boshlab internet tarmog’idan har qanday tashkilot foydalanish imkoniga ega bo’ldi. Shu sababdan Mudofaa sohasi uchun endi alohida komputer tarmog’i tuzildi va uning nomi MILnet deb ataldi. AQShning moliya vazirligi ham o’zi uchun alohida MFEnet nomli kompyuter tarmg’i tuzdi. AQSh telefon tarmog’i kompaniyasi – AT&T tomonidan ham USENET nomli komputer tarmog’i ishlab chiqildi. 1983-yilda bu tarmoqqa ulanish uchun maxsus protokol ishlab chiqildi va uning nomi TCP/IP deb ataldi. Bu protokol telefon orqali internetga ulanishga imkon beradi. Hozirda butun jahon bo’yicha TCP/IP protokoli eng asosiy malumot almashuv protokoli hisoblanadi. 1990-yildan boshlab internet orqali nafaqat matn, balki multimedia va tasvirlarni jo’natish imkoni ham yaratildi. 1990-yilda Rossiyada ham internetga ulanish uchun RELCOM tarmog’i tuzildi. Hozirda internet tarmog’iga ulangan kompyuterlar soni milliondan ham ortgan. Hozirda internetga ulanish usullari juda ko’p. Sputnik tarmog’i, optik tolali telefon tarmog’i, oddiy telefon tarmog’i va boshqa tarmoqlar bilan ulanish imkoni bor.
Maqola www.aql.uz saytidan olindi,
Manba: http://www.aql.uz

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *