Xiva. Kalta Minor

Kalta-minorXiva. Kalta Minor

Xivaning me’moray qiyofasi asosan XVIII asr oxirlaridan XX asrning boshlarigacha shakllanib borgan. Qadimiy Xivadagi mana shunday me’moriy yodgorliklardan yana biri Kalta Minordir. Kalta Minor Xivadagi minoralarning eng mashhurlaridan biri hisoblanadi.
Kalta Minor Ichan qal’ada Muhammad Aminxon madrasasi yonida 1853 – yilda Muhammad Aminxon davrida qurila boshlangan. Xonning fikricha minora Markaziy Osiyodagi barcha minoralardan eng go’zali, eng balandi va eng kattasi bo’lishi lozim bo’lgan. Ammo, xonning 1855 – yilda shimoliy Eronga yurish paytida o’ldirilishi tufayli mnora qurilshi nihoyasiga yetmay qoladi. Shu boisdan minora «Kalta Minor» nomi bilan ataladi.

Kalta Minornng hozirgi kundagi balandligi 26 metr bo’lib, asosining diametri 14, 2 metrni tashkil etadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *