Samarqand. Tillaqori madrasasi

Tillaqori-madSamarqand. Tillaqori madrasasi

XVII asr. Samarqand Registonida eng keyingi qurilgan nihoyatda xushbichim va o’ziga xos madrasadir. Ulug’bek davrida qurilgan Mirzoyi karvonsaroyi o’rniga 1646-1647 yillari Samarqand hokimi Yalangto’sh Bahodir farmoyishiga ko’ra, madrasaga va jome masjidga mo’ljallab qurilgan. Registon majmuidagi Ulug’bek va Sherdor madrasalariga uyg’unlashib ketgan. Tillaqori madrasasining masjidi ichiga boshqa bir katta obida qurishga yetadigan miqdorda oltin sarflangan. Shuning uchun ham madrasa «Tillaqori «, ya’ni «tilladan ishlov berilgan», deb ataladi. Podshohlikdan ko’ra binokorlik ishlarini afzal ko’rgan Yalangto’sh Bahodir 1656 yili vafot qildi. Vasiyatiga ko’ra, uni Dahbeddagi Maxdumi A’zam ziyoratgohiga dafn etishadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *